Toshkentda oʻtkazilayotgan kurash boʻyicha xalqaro seminarga bagʻishlangan anjuman tashkil etildi
Foto: Халқ сўзи
12-mart kuni Toshkentda kurash boʻyicha “Xalqaro murabbiylik seminari” boshlandi. 22-martga qadar davom etadigan ushbu kurs trenerlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan mutaxassislar uchun “V” toifasidagi sertifikatlarni taqdim etadi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida ushbu tadbirga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Xalqaro kurash federatsiyasi (IKA) vitse-prezidentlari Komil Roʻziyev va Sherzodxon Qudratxoʻja, IKA, Xalqaro kurash instituti hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Tadbirning ochilish qismida soʻz olgan rasmiylar bu kabi seminarlar butun dunyoda milliy kurashimizning yanada rivojlanishi, murabbiylar undan olgan bilimlaridan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida foydalanishlari, Prezidentimiz tomonidan kurash rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtishdi.
Xalqaro kurash instituti rektori Habibulla Tojiyev seminar haqida batafsil maʼlumot berdi. Unga koʻra, kurslarda 20 ga yaqin mamlakatdan 40 nafardan ziyod mutaxassis taʼlim olmoqda. Seminar erkak va ayol murabbiylar uchun alohida tartibda tashkil etilib, dastlab nazariy, soʻng amaliy mashgʻulotlar olib boriladi. Yakunda imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan murabbiylarga “V” toifasidagi sertifikat topshiriladi.
Tadbir davomida kurash ommaviyligini butun dunyoda yanada kuchaytirish, murabbiy va hakamlarning mahoratini oshirish maqsadida bu kabi seminarlar sonini koʻpaytirish, koʻproq xalqaro musobaqalar tashkil qilish kabi yoʻnalishlarda atroflicha maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring