Toshkentda narkosavdogar oila 8 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi
Videodan kadr
Toshkent shahrida narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullangan oila aʼzolari 8 kilogramm giyohvandlik vositasi bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Tojikistondan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilib, poytaxtda sotish bilan shugʻullanib kelgan oila aʼzolari qoʻlga olingan.
Xususan, Toshkent viloyatida “Ohangaron – Piskent” yoʻnalishida harakatlanayotgan, oldindan kuzatuvga olingan “Equinox” rusumli avtotransport vositasi tekshirish maqsadida toʻxtatilgan.
Natijada, avtomashinada boʻlgan Toshkent shahrida yashovchi, 1976-yilda tugʻilgan ayol va uning 1999-yilda tugʻilgan oʻgʻli – tojikistonlik tanishlari tomonidan kontrabanda yoʻli bilan Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilib, xufiya joyda qoldirilgan giyohvandlik vositasini olib ketish uchun ketayotgani maʼlum boʻlgan.
Soʻngra ularning uyali aloqa vositalari tekshirilganida, tojikistonlik shaxs tomonidan Telegram orqali narkotik moddaning geolokatsiyasi va fotosuratlari yuborilganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda Piskent tumani hududidagi yoʻl chetiga yashirib ketilgan 4 kg 985 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, ularning Olmazor tumanidagi yashash xonadonidan ham 1 kg 124 gr “opiy” va 1 kg 976 gr “gashish” moddalari topilgan.
Bundan tashqari, ayolning – 1996-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan oʻgʻli ham protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring