Toshkentda mushuklarni qiynab oʻldirgan oʻsmir ushlandi

00:10 22 Noyabr 2021 Jamiyat
1436 0

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mushuklarni sumkaga solib, qiynab oʻldirish uchun koʻp qavatli uyning kirish eshigiga sudrab olib borgan yigitning shaxsini aniqladi.

Koʻp qavatli uyga oʻrnatilgan kameralar hovlida oʻsmirning mushuklarni poliyetilen paket bilan oʻziga tortgani va hayvonni oyogʻi bilan ezib tashlashga urinayotgani aks etgan videolarni olgan.

Maʼlumotlarga koʻra, u 20 yoshli yigit boʻlib chiqdi. U Yashnobod tumani IIB 1-sonli ichki ishlar boʻlimiga olib ketilib, suhbat davomida huquqbuzarlikni sodir etganini tan oldi.

Mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?