Toshkentda milliy gvardiyaning ikki xodimi 7 000 dollar bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi Olmazor tumani boʻlimi otryad komandiri katta leytenant T.A. 1980-y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga M.Ulugʻbek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda, Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qarashli sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeyidan foydalangan holda, 1989-y.t. fuqaroni ishonchiga kirib, oʻzining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qoʻriqlash boʻlinmalaridan biriga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1500 dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring