Toshkentda Xalqaro yoga kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkaziladi

19:04 18 Iyun 2021 Sport
904 0

21-iyun – Xalqaro yoga kuni. Ushbu sana yakshanba, yaʼni 20-iyun kuni poytaxtimiz Toshkentda ham keng nishonlanadi. Xalqaro yoga kuniga bagʻishlangan festival bu safar Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Eko-parkda boʻlib oʻtadi.

Bu yilgi bayram oʻtgan yillardagidek hind madaniyat markazining mahorat darslari bilan cheklanib qolmaydi. Shu kuni soat 7:00dan 17:00gacha Eko-parkda turli tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida xalqaro yoga ustalarining maʼruzalari va amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Art of Leaving nafas olish amaliyoti boʻyicha master-klass oʻtkaziladi va musiqiy meditatsiya tashkil etiladi.

Bunga parallel ravishda, psixologiya va oʻzini rivojlantirish boʻyicha professional trenerlar tomonidan mahorat darslari ham oʻtkaziladi.

Festivalda ishtirok etish uchun http://t.me/yoga_festival_bot telegram botidan foydalanib roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Yoga federatsiyasi oʻtgan yili tashkil etilgan edi. Yangi tashkil etilgan federatsiyaning raisi etib Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev saylangan.

Maʼlumot uchun: Xalqaro yoga kuni 2015-yildan beri nishonlanadi. Bu bayramga yoganing Vatani Hindistonda asos solingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?