Toshkentda kanalga tushib ketgan qizlarni qutqargan fuqaroning oʻzi choʻkib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanaliga ikki nafar qiz tushib ketgani va ularni qutqarish maqsadida kanalga tushgan fuqaroning oʻzi choʻkib ketgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 5-may kuni Boʻrijar kanaliga tushib ketgan ikki nafar voyaga yetmagan qizlarni qutqargan erkakning oʻzi choʻkib ketish oqibatida vafot etgan. Taʼkidlanishicha, erkak suzishni yaxshi bilgan, biroq kanal qirgʻogʻi taʼmirlanayotgani sababli suvdan qaytib chiqishning imkoni boʻlmagan.
“Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Ushbu voqeada jasorat koʻrsatgan marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Hayot Shamsutdinov xabarida.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, Boʻrijar kanali qirgʻogʻining ayrim qismlarida sayohat maydoni barpo etilayotgani sababli taʼmirlash ishlari olib borilayotgan boʻlgan. Ushbu taʼmirlash ishlari sabab kanal qirgʻogʻi betonlashtirilib, tayanib chiqish uchun imkonsiz holatga kelib qolgan. Natijada 43 yoshli fuqaro A.S. suzishni yaxshi bilishiga qaramasdan choʻkib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring