Toshkentda yoʻl talashgan haydovchilar yoʻlning qatnov qismida mushtlashdi

10:39 07 Yanvar 2026 Jamiyat
195 0

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro yoʻlning qatnov qismida oʻzaro janjallashayotganligi aks etgan videotasvirlar keng tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda 1986-yilda tugʻilgan fuqaro A.A. oʻzining boshqaruvchidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinada Shayxontohur tumani Islom Karimov koʻchasida harakatlanayotgan vaqtida BYD rusumli avtomashina haydovchisi bilan oʻzaro yoʻl talashgan.

Oqibatda BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1982-yilda tugʻilgan fuqaro S.A. yoʻlning qatnov qismida toʻxtab, fuqaro A.A. bilan yoʻlning qatnov qismida oʻzaro urishib, jamoat tartibini buzgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu janjal natijasida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-modda (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?