Toshkentda istirohat bogʻlari tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi
Hukumat qarori bilan Toshkent shahar umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirilishi 2023-yilgacha 30%ga yetkaziladi, bu shahar va tumanlar hokimlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanadi. Daraxt koʻchatlari ilmiy-tadqiqot natijalariga koʻra iqlimga moslari tanlab olinadi.
Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli boʻlgan jamoat istirohat bogʻi hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlari tashkil etiladi.
Toshkent shahar istirohat bogʻlari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.
Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu borada kelasi yil huquqiy eksperiment oʻtkaziladi.
2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida Toshkent shahrida 1 mln tup koʻchat ekiladi. Aksiya oʻtkaziladi.
Toshkentda 2021—2022-yillarda 1500 ta quduq qaziladi. Ushbu maqsadlarga 225 mlrd soʻm sarflanadi.
Poytaxtda 131 km uzunlikda piyodalar yoʻlaklari, 127 kilometr veloyoʻlaklar quriladi. Ushbu maqsadlarga 62 mlrd soʻm sarflash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring