Toshkentda isitish mavsumi qachon yakunlanadi?
Toshkentda oʻrtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida 8 gradusdan yuqori boʻlsa, isitish mavsumi rasman tugatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi xabar qildi.
Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati bergan maʼlumotlariga koʻra, shu yil 8-martdan 14-martgacha boʻlgan davrda Toshkentda oʻrtacha sutkalik harorat 11,6 gradus (minimal – 9 gradus 8-martda, maksimal – 13,1 gradus 14-martda) daraja kuzatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Koʻp qavatli uylarda issiqlik taʼminoti xizmati koʻrsatish tartiblari toʻgʻrisida”gi 194-son qaroriga koʻra, oʻrtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh mobaynida 8 °S darajada saqlanib tursa, isitish mavsumi yakunlanadi.
Yuqoridagilarga asoslanib, Toshkent shahri hokimligi yaqin kunlarda 2024–2025-yilgi isitish mavsumini yakunlash haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Isitish mavsumi yakunlangach, kompaniya yilning sovuq faslida issiqlik taʼminoti barqaror va sifatli boʻlishi uchun issiqlik tarmoqlari, qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring