Toshkentda ilk bor Oʻzbekiston — Rossiya taʼlim forumi oʻtkaziladi

18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston — Rossiya taʼlim forumi tashkil etiladi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur tadbirda Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari ishtirok etadi.
Ikki mamlakatning hukumat rahbarlari, taʼlim va fan vazirlari, 80 dan ortiq oliy oʻquv yurtlari rektorlari qatnashadigan tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida zamonaviy yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Shuningdek, ushbu nufuzli anjuman Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar asosida talabalarni oʻqitish, fakultet va kafedralar tashkil qilish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, oʻquv va ilmiy adabiyotlar almashish uchun zamin yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring