Toshkentda Hukumat akseleratori ofisi ochildi
15-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekistonda Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan birgalikda joriy etilayotgan tashabbuslardan biri boʻlgan Hukumat akseleratori ofisining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vaziri Muhammad al-Qarqoviy va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbariyati va boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etdi.
Akseleratorning asosiy vazifasi davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi dolzarb muammolarni tez va samarali hal etishdan iborat. Akselerator guruhlari har bir 100 kunlik muddat ichida maxsus yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun davlat organlari, xususiy sektor va boshqa manfaatdor tomonlar bilan ishlaydi.
Tadbir doirasida, Akselerator rahbariyati birinchi 100 kunlikda toʻrtta yoʻnalish, yaʼni qurilishga ruxsat berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqish va kommunal toʻlovlar uchun yagona billing tizimini yaratishni soddalashtirish boʻyicha erishilgan natijalar haqida ishtirokchilarga maʼlumot berdi.
BAA tomoni Akseleratorning natijadorligi va Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturini hayotga tatbiq etishda erishilgan muvaffaqiyatlar boshqa mamlakatlarda bunday mexanizmni joriy etishda kuzatilgan natijalardan ancha yuqori ekanligini taʼkidladi.
Marosim ishtirokchilariga fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash, BMT standartlariga muvofiq Oʻzbekiston energetika sohasida statistikani shakllantirish, korxonalar uchun reyting tizimini joriy kabi yangi 100 kunlik muddat doirasida Akselerator ishining asosiy yoʻnalishlari taqdim etildi.
Umuman olganda, BAA hukumati koʻmagida amalga oshirilayotgan Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi 25 yoʻnalishni, jumladan, Milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, davlat xizmatlarini takomillashtirish, “biznesni yuritish” reytingida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash, innovatsiyalarni joriy etish, soliq va bojxona maʼmurchiligini, erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish hamda rahbar kadrlarni tayyorlash va davlat organlari uchun kadrlar zaxirasini yaratish va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu dastur ijrosi doirasida Oʻzbekiston va BAAda 5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan 124 ta seminar hamda 100 ga yaqin turli qoʻshma tadbirlar tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring