Toshkentda haydovchisi uxlab qolgan “Lacetti” 3 ta mashina bilan toʻqnashdi

18:19 19 Fevral 2025 Jamiyat
368 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Lacetti” rusumli mashinani boshqarib ketayotgan fuqaro harakat vaqtida uxlab qolishi oqibatida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 19-fevral kuni soat 09:15 larda Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻchasida “Lacetti”, “Malibu”, “Cobalt”, “Lada”, rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan koʻrinadiki, “Lacetti” yoʻlda zich va sekin harakatlanayotgan oqim davomida tezlik bilan “Lada” va “Cobalt” mashinalari orasidan oʻtib, ularga shikast yetkazgan. Shundan soʻngra u “Malibu”ga borib urilgan.

Manbaga koʻra, YTHga “Lacetti” haydovchisining rulda uxlab qolishi sabab boʻlgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер