Toshkentda haydovchi yoʻl talashib, “Lacetti”ni “dubinka” bilan urdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki haydovchi oʻrtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashitish boʻlimi tomonidan oʻrganish olib borildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 14-iyun kuni soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy koʻchasida “Lacetti” haydovchisi 1981-yilda tugʻilgan, B.X. hamda “Cobalt” haydovchisi 1996-yilda tugʻilgan Sh.O.lar yoʻl talashish oqibatida oʻzaro tortishib qolgan.
Shundan soʻng B.X. yoʻlning qatnov qismida avtomashinasini toʻxtatib, qoʻlidagi jism bilan “Cobalt” avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring