Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida maʼlum qildi.
TIV rahbarining yozishicha, u bugun, 29-aprel kuni Gretsiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelekdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
“Toshkent shahrida Gretsiya Elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz”, deydi Saidov.
Taʼkidlanishicha, uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qilingan.
Vazir, shuningdek, yangi tayinlangan elchiga Oʻzbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring