Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tashlandi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik koʻrsatayotganligi aks etgan video keng tarqaldi. Turli muhokamalarga sabab boʻlgan mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 21-iyun kuni taxminan soat 14:30 larda Uchtepa tumani, 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar oʻzaro janjallashib ketgan.
Janjal vaqtida fuqaro U.M. oʻtkir tigʻli jism bilan fuqaro N.T. ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Natijada jabrlanuvchi “chap koʻkrak qismining sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Shundan soʻng, hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori O.Abdullayev mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni “issiq izi”dan topib, uni ushlash choralarini koʻrgan vaqtida, U.M. unga ham pichoq bilan tajovuz qilib, faol qarshilik koʻrsatgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi daliliy ashyo (N.T. ga tan jarohati yetkazgan pichoq) bilan profilaktika inspektori va PPX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan hamda tergovga jalb qilingan. Voqea natijasida IIO xodimlari tan jarohati olmagan.
“Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m” bandi (“Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi», — deyiladi boshqarma bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring