Toshkentda erkak 3 yashar bolani qasddan oʻldirdi

10:23 11 Iyul 2024 Jamiyat
402 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida erkak uch yashar bolani qasddan oʻldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bildirilishicha, holat joriy yilning 9-iyul kuni Yashnobod tumani Yakkatol koʻchasidagi koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan. Mazkur manzilda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak oʻzi bilan qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashayotgan ayoli bilan oʻzaro janjallashib qolgan.

Oqibatda uning birinchi turmushidan 2021-yilda tugʻilgan oʻgʻil farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib borilguniga qadar vafot etgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat boʻyicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?