Toshkentda ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 27-iyun kuni soat 13:36 da Toshkent viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Qibray tumani “GES Qodiriya” MFY “Mustaqillik” koʻchasidan oqib oʻtgan “Boʻzsuv” kanaliga fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida fuqaro suvdan olib chiqilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, fuqaro sogʻ-salomat qutqarib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring