Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi

11:28 20 Noyabr 2023 Sport
273 0

Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida ogʻir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi. Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlar toifasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qoʻlga kiritishgan edi. Soʻnggi kun dasturida shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz:

Oltin medal:
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Mahmudjon Mahsudov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva

Kumush medal:
-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov

Bronza medal:
-81 kg: Ahror Ziyodullayev
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер