Toshkentda “Cobalt” piyodani urib yubordi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida “Cobalt” rusumli avtomashina piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 10-mart kuni soat 16:20 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasida sodir boʻlgan. YTH oqibatida jabrlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida BYD va mototsikl toʻqnashib ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring