Toshkentda animatsion filmlar forumi oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Shu yilning 18-22-aprel kunlari Toshkentda Tashkent International Animation Forum (TIAF) boʻlib oʻtadi.
Animatsion forum Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Shveysariya va Isroilning Oʻzbekistondagi elchixonalari, Toshkentdagi Gyote instituti, Bazelevs kinokompaniyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Milliy kinofondi hamda “DRF” community independent filmmakers of Uzbekistan” kinostudiyasi hamkorligida tashkil etiladi.
Unda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda oʻzbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar ishtirok etadi.
Forum doirasida mohir animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, master-klaslar, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar oʻtkaziladi. Jumladan, 10ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar boʻlib oʻtadi.
Forumning eʼtiborli jihati, unda chet eldan etalon negativlari qaytarilgan oʻzbek multfilmlari ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etiladi.
Shuningdek, “Yoshlik” studiyasining “Zumrasha” hajviy jurnali yangi soni taqdimoti hamda xorij animatorlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi multfilmlar kichik tomoshabinlar eʼtiboriga taqdim qilinadi.
Ushbu forum doirasida viloyatlar boʻylab ham tadbirlar tashkil etiladi. Bolajonlar uchun turli xil mavzularda multfilmlar namoyish etilishi bilan birga, master-klasslar oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, bolalarga pedagoglar va professional animatorlar bilan muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati taqdim qilinadi. Ular uchun Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi, “White Line”, “Astir animation studio”, “Futurist studio”, “Dip animation studio” hamda xorij animatsiya studiyalarining ishlari namoyish etiladi.
Shuningdek, forum doirasida oʻsmirlar uchun yosh ijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlar taqdimoti oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring