Toshkentda 65 yoshli haydovchi “peshexod”dan oʻtayotgan piyodani urib yubordi

Toshkent shahar Sergeli tumanida “Nexia-3” piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 13-mart kuni soat 14:00 larda Sergeli tumani Mehrigiyo koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni 65 yoshli M.A. “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida jabrlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring