Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chery” rusumli avtomobil “Malibu-2” avtomashinasi tomiga chiqib ketgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 17-oktyabr kuni soat 15:20 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida “Chery” rusumli transport vositasi, “Malibu-2” hamda 2 ta “Cobalt” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring