Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Foto: IIBB YHXB
Toshkent teleminorasi qarshisida 3 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-noyabr kuni soat 21:30 da Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasi Toshkent teleminorasi qarshisida yuz bergan.
Unda N.S. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli, O.Sh. boshqaruvidagi “Malibu-2” hamda A.I. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashib ketgan.
YTH oqibatida “Malibu” transport vositasining yoʻlovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring