Toshkentda 25 yoshli qiz “Nexia 3” avtomashinasini olib qochdi

10:51 02 Noyabr 2021 Jamiyat
1330 0

Toshkent viloyatining Parkent tumanida 1-noyabr kuni avtomashina oʻgʻirlagan 25 yoshli qiz qoʻlga olindi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasimatbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Chilonzor tumanida “Nexia 3” rusumli avtomashina oʻgʻirlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “Toʻxtatib turish” rejasi eʼlon qilinib, qidiruv ishlari olib borildi. Natijada shu kuni avtomashina Toshkent viloyati Parkent tumanida xizmat koʻrsatuvchi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

Dastlabki tergov natijalariga koʻra, avtomashinani Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro oʻgʻirlab ketgani maʼlum boʻldi. Fuqaro ashyoviy dalil bilan birga Toshkent shahar IIB xodimlariga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?