Toshkentda 20 yoshli yigit pensioner ayolga tegajogʻlik qilmoqchi boʻldi

23:00 29 Oktyabr 2021 Jamiyat
1459 0

Toshkentda 20 yoshli yigit pensioner ayolga tegajogʻlik qilish uchun 10 ming soʻm taklif qildi. Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi vaziyatga izoh berdi.

11-sentabr kuni poytaxtning Chilonzor tumanida nomaqbul voqea sodir boʻlgan. 63 yoshli ayol ertalab koʻchada sayr qilayotgan chogʻda, unga tegajogʻlik qilish uchun 10 000 soʻm taklif qilgan yigitga duch keldi.

“Onaxon, keling sizga bir teginay, 10 ming soʻm beraman”, - deb aytgan yigit.

Nafaqaxoʻr alkogol hidi aniq sezilib turgan beadab yigitdan yashirinishga uringan. Ayol koʻp qavatli uyning kiraverishiga yugurib kirgan, biroq yigit uni quvib yetadi. Nafaqaxoʻr yordam chaqirmoqchi boʻlgan, biroq huquqbuzar unga qarata “Jim boʻl, oʻldiraman” deb baqira boshlagan. Yigit boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmagan, qichqiriqni eshitgan mahalliy aholi oʻrtaga aralashgan.

Bir necha kundan keyin ichki ishlar organlariga 63 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilgan.

Huquq-tartibot xodimlari keksa ayolni haqorat qilgan erkakning shaxsini aniqladi. Bu 2001-yilda tugʻilgan yigit boʻlib chiqdi. Unga nisbatan 277-modda (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?