Toshkentda 2 nafar yigit fuqaroning pullarini olib qochib, talonchilik qildi

16:48 13 Iyun 2025 Jamiyat
212 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar shaxs piyoda ketayotgan fuqaroning qoʻlidagi sumkasini tortib olib, hodisa joyidan qochib ketganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, holat joriy yilning 12-iyun kuni taxminan soat 18:15 atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan dehqon bozoridagi avtoturargohda sodir boʻlgan.

Unda 1997-yilda tugʻilgan B.S. va 2000-yilda tugʻilgan X.A. piyoda ketayotgan 2003-yilda tugʻilgan K.X.ga nisbatan talonchilik jinoyatini sodir etishgan. Uning qoʻlidagi qora rangli paket va ichidagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda tunab ketilgan fuqaroning nogiron boʻlgani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 166-moddasi 3-qismi «v« bandi bilan («talonchilik«) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер