Toshkentda 165,2 million soʻmlik sifatsiz dori vositalari savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro Z.X. va boshqalar qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ular oʻzaro til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari boʻlmagan 10 quti “Kitruda” va 2 ta quti “Tetsentrik” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 165,6 million soʻmga sotishga kelishib, pullarni AQSH dollarida hisoblab, 13 ming 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagani hamda saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlanishi qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring