Toshkentda 10 va 11-sinf oʻquvchilarining ruhiy holati maxsus kameralar orqali kuzatiladi
Illyustrativ foto
Toshkent shahridagi barcha umumtaʼlim maktablarida 10 va 11-sinf oʻquvchilarini kuzatish uchun maxsus kameralar oʻrnatiladi. Bu poytaxt hokimi qarorida koʻzda tutilgan.
“Smart School” elektron dasturi doirasida, avvaliga Olmazor tumanida sinov tariqasida 31 ta umumtaʼlim maktablarining 250 ta sinflarida joriy etiladi.
Dastur orqali 10 va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar oʻrnatilib, taʼlim sifati doimiy nazorat qilinadi, sinflarda oʻquvchilar davomati kuzatiladi, ularning ruhiy holati sunʼiy intellekt orqali aniqlanadi, shuningdek, oʻquvchilarning fanlarga qiziqishlari va oʻqituvchilarning pedagogik salohiyati baholanadi.
Taʼkidlanishicha, ushbu taklif Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan bildirilgan.
Qarorda kameralarni oʻrnatish tuman mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi reja qilingan.
Avvalroq Namangan viloyatida 7 ta bozorda raqamlashtirish ishlari yakunlanganini xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring