Toshkent viloyatidagi kiyim-kechak bozorida noqonuniy valyuta almashtiruvchi ushlandi
Toshkent viloyatida valyuta sotuvchi qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent viloyatidagi kiyim-kechak bozorlaridan birida noqonuniy ravishda valyuta savdosi bilan shugʻullangan shaxsni qoʻlga oldi. Huquqbuzar 4800 AQSH dollarini 51,8 million soʻmga sotayotgan vaqtda uyida ushlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida 15 383 dollar, 264 000 Qozogʻiston tengesi, 89 000 Rossiya rubli va 414,3 million soʻm olingan.
Mazkur holat yuzasidan 177-modda (Chet el valyutasini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring