Toshkent viloyatida “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining navbatdagi mavsumi yakunlandi
Angren garnizonidagi harbiy qismda Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 100 nafar mahalla yoshlari uchun tashkil qilingan “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini oʻz nihoyasiga yetdi.
Oʻn kunlik yigʻin davomida yoshlar bilan harbiy qismda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Tantanali yopilish marosimida Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi, Angren shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, yigʻin ishtirokchilarining ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda yigʻin ishtirokchilariga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda kasbga yoʻnaltirilgan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi, shuningdek, faol yoshlar Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring