Toshkent viloyatida togʻida adashib qolgan 3 nafar fuqaro qutqarildi

17:25 06 Aprel 2025 Jamiyat
220 0

Foto: FVV

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon” togʻida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, kecha, 5-aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon” togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 3 nafar fuqaro yoʻldan adashib, togʻning yuqori qismidan pastga tusha olmayotganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida fuqarolarning joylashgan joyi aniqlanib, togʻning dengiz sathidan taxminan 3100 metr balandligidan sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?