Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda ilk bor “kapsula” usulidagi gidroagregatlar oʻrnatilgan GES ishga tushishi kutilmoqda
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Chirchiq-Boʻzsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GES Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan “Kamolot” GESiga tashkil etilgan press-turda maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.
Ushbu GESning umumiy qiymati 22,6 mln dollar, quvvati 8.6 MVt ni tashkil etadi.
Mazkur GESda ilk bor tajriba sifatida “kapsula” usulidagi gidroagregatlar oʻrnatiladi.

— Mazkur GES Germaniyaning “Andridz gidro” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Kapsula” usulida ishlaydigan texnika-texnologyalar keltirilgan, deydi “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ direktori Said Yusupov. Bunda gidroagregatlar suvning oqimi boʻylab gorizontal joylashgan boʻladi va 50 yil davomida qariyb taʼmirlash ishlariga hojat qolmaydi. Bu usuldagi gidroagregat nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ilk bora qoʻllanilmoqda.
Mazkur GESning qurilish ishlari “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “Oʻzbekgidroenergoqurilish” kompaniyasi tomonidan, loyiha ishlari “Gidroproyekt” AJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan boʻlib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
GES ning afzalliklaridan biri avtomatik, aqlli, xavfsiz boshqaruv tizimiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring