Toshkent viloyatida yoʻlga yotib olgan fuqaroni bosib ketgan 20 yoshli “Neksiya” haydovchisi voqea joyidan qochib ketdi
Yangiyoʻlda yoʻlning qatnov qismiga yotib olgan fuqaroni bosib ketgan «Neksiya» haydovchisi hodisa joyidan yashirindi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
Voqea 2021-yilning 7-iyul kuni boʻlgan. Shu kuni soat 22:50larda Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yoʻlining Yangiyoʻl shahridan oʻtgan qismida nomaʼlum haydovchi nomaʼlum transport vositasini boshqarib kelayotib yoʻlning qatnov qismiga yotib olgan piyodani bosib ketgan. “Niyozboshi” QFYda yashagan 1985-yilda tugʻilgan piyoda voqea joyida vafot etgan.
Xabarga koʻra, haydovchi voqea joyidan piyodaga yordam koʻrsatmasdan qochib ketgan.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida haydovchi aniqlandi. Voqeani 2001-yilda tugʻilgan Yangiyoʻl tumani “Niyozboshi” QFYda yashovchi A. ismli shaxs oʻzining «Neksiya» rusumli avtomobilida sodir etgan va qoʻrqqanidan qochib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring