Toshkent viloyatida imtiyozli kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

20:06 08 Iyun 2023 Jamiyat
579 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.A.” va “Y.C.” MCHJ rahbarlari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, ushbu MCHJlarga ajratilgan jami 500 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?