Toshkent viloyatida fuqaro xonadonida koʻknori saqlab kelayotgani aniqlandi

13:24 26 Iyul 2025 Jamiyat
231 0

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro xonadonidan giyohvandlik vositalari topildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 26-iyul kuni Chinoz tumanida yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositasini saqlash holati aniqlangan.

Bunda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining tezkor maʼlumotlari asosida Chinoz tumani Sutchilar mahallasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 1958-yilda tugʻilgan fuqaro xonadonidan quruq holda saqlangan koʻknori va turli xildagi giyohvand moddasiga oʻxshash oʻsimliklar saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda “zakladka” usulida giyohvandlik moddalarini tarqatayotgan shaxslar qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер