Toshkent viloyatida soliq inspektori 5 ming dollar bilan ushlandi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari boʻlimi katta inspektori 5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, katta inspektor oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda Angren shahrida faoliyat yurituvchi, bogʻdorchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikda oʻtkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvini ijobiy hal qilib, 1-yil davomida soliq organlari tomonidan tekshiruv oʻtkazmaslik evaziga xoʻjalik rahbaridan 5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda soliq inspektori oʻz harakatlari qonunga xilof ekanini bilgani holda, ushbu pul mablagʻini tamagirlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring