Toshkent va Surxondaryoda advokatlar pora olayotganda ushlandi

Foto: DXX
Toshkent shahrida mijozlardan 3,7 ming AQSH dollari, va Surxondaryo viloyatida esa 60 mln soʻm pora olgan advokatlar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro ishi boʻyicha yordam berish evaziga pora olayotganda ushlangan.
Aniqlanishicha, Yashnobod tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ehtiyot chorasini yengillashtirib berishini aytgan. Shu bilan birga, suddagi tanishlari orqali ishni ijobiy hal qilish evaziga fuqarodan 3 700 dollar olayotgan vaqtida DXX va departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shunga oʻxshash holat Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi. Denov tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati fuqarodan 60 million soʻm olayotgan paytda DXX va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Tekshiruvda u Denov tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudida koʻrilayotgan ishda ayblanuvchiga yengil jazo tayinlatish uchun sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berishini vaʼda qilgan.
Mazkur holat boʻyicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring