“Toshkent suv taʼminoti” filiali rahbari va muhandisi pora olayotgan vaqtida qoʻlga olindi

02:54 18 Noyabr 2021 Jamiyat
1237 0

“Toshkent suv taʼminoti” filiali rahbari va muhandisi pora olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida poraxoʻrlar aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, qoʻlga olinganlar oldindan til biriktirib, MCHJ taʼsischisi F.L. Savdo markazi qurilishida foydalanilgan suv uchun rasmiylashtirilgan protokolni bazaga kiritmaslik evaziga 2 ming dollar soʻragan.

Muhandis zarur miqdordan 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?