Toshkent shahrida 20 nafar maktab oʻquvchisi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Uning qayd etishicha, Toshkent shahrida 20 nafar maktab oʻquvchisida koronavirus aniqlangan.
“Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 355 nafar bemorni kasallikni yuqtirish yoʻli boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak, 106 ta holat charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingan va karantinda saqlangan fuqarolar oʻrtasida aniqlangan, — dedi u. Kasallikka chalingan bemorlar mamlakatimizga kirib kelganidan keyin ulardan 175 ta holatda infeksiya boshqalarga ham yuqqani aniqlangan. Shuningdek, yuqish omili aniqlanmagan 48 ta holat mavjud va bu boʻyicha biz epidemiologik tekshirish ishlarini davom ettirmoqdamiz. Bu jarayonga fuqarolarimizning oʻzlari, mahalla, ichki ishlar organlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa idoralarning mutaxassislari jalb etilgan.
Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning 52 nafari uy bekasi, 20 nafari maktab oʻquvchisi, 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili, 20 nafari ishsiz hisoblanadi. Qayd qilingan bemorlarning ijtimoiy kelib chiqishi, kasbi, yoshi, hayot tarzi, ular bilan muloqotda boʻlganlarning faoliyatini ham chuqur oʻrgangan holda tahlil qilib boryapmiz. Kasallikning qay darajada yuqishi, qaysi moyil kontengentlar mavjudligi oʻrganilib, kasallik xavfiga duchor boʻlgan shaxslar roʻyxati tuzilib, ularning ustidan tibbiy nazorat, qolaversa, laboratoriya tekshiruvlari orqali salomatligiga baho berish yoʻlga qoʻyilgan”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring