Toshkent shahrida 100 mingdan ziyod maktab va bogʻcha oʻrinlariga ehtiyoj borligi aytildi
Shota Rustaveli koʻchasida BRT yoʻlagi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hududida avtomobil tunneli ishga tushirildi.
Lekin Kichik halqa yoʻli, Katta halqa yoʻli, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Shahrisabz, Maxtumquli, Ohangaron koʻchalaridagi tirbandlikdan aholi norozi ekani koʻrsatib oʻtildi.
Toshkent shahri aholisi yildan yilga oshib borayotgani hisobiga 100 mingdan ziyod maktab va bogʻcha oʻrinlariga ehtiyoj bor.
“Endi poytaxtda boshqaruv oʻzgaradi. 2026-yil Toshkent shahri uchun «Jadal rivojlanish va aholi daromadlari oʻsishi” yili boʻladi. Bu gʻoyani roʻyobga chiqarish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi», – dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yilda jon boshiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyani 3 ming, 2027-yilda esa 3,5 ming dollarga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yoʻnalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard dollar, ikki yilda 20 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring