Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Shahrisabzda turizm klasterini tashkil etish doirasida 2025-yilda Gʻyelondan oʻtuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Umuman, mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investitsiya jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
“Boysun bahori” xalqaro etno-festivali oʻtkazilayotgani natijasida Surxondaryoda sayyohlar oqimi 4 karra koʻpaydi.
Umuman olganda, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayapti. Buning uchun Parkent, Boʻstonliq, Parkent va Aydarkoʻlda imkoniyatlar yetarli. Moʻynoqda ham parashyut bilan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish mumkin. Buning uchun alohida havo hududi boʻlishi kerak.
Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilishga topshiriq berildi.
Oxirgi yillarda poytaxtda “Toshkent siti”, “Toshkent moll”, “Medjik siti” kabi turizm maskanlari barpo etildi. Bu majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyuryapti, ularning 35 foizidan koʻpi xorijiy turistlar.
Lekin poytaxt hokimligi oʻz tashabbusi bilan yangi takliflar bilan chiqmayotgani tanqid qilindi.
Shu bois Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bosh vazirga turizm boʻyicha har bir hokim oʻrinbosari ishiga baho berish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring