Toshkent shahar hokimligi ko‘chalar nega suvga to‘lib ketganiga izoh berdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2 aprel kuni Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida ko‘chalarda ko‘p miqdorda suv to‘planish holatlari kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki tunellar va metro bekatlariga ham suv kirgani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi maxsus irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) katta suv oqimini ko‘tara olmasligi bilan izohlagan.
«2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy me’yorning, ya’ni 60 mmning uchdan bir qismiga teng. Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi»,— deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring