Toshkent shahar hokimligi “Istiqlol” majmuasini qurish uchun «ЦУМ» qarshisidagi hudud tanlanganini maʼlum qildi

17:54 03 Fevral 2021 Jamiyat
1222 0

Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlab barpo etiladigan “Istiqlol” majmuasi boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Tanlov ishtirokchilari oʻzbek davlatchiligining 3 000-yillik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, maʼnaviy tarixi hamda oʻtgan 30 yil, ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonni qurish bosqichini oʻzida qamrab olgan jarayonlarni gavdalantiruvchi “Istiqlol majmuasi”ning konsepsiya loyihasini ishlab chiqishi lozim.

Majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob koʻchalari oraligʻida, Markaziy univermag («ЦУМ») qarshisidagi hudud tanlangan.

Tanlov shartlariga koʻra unda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslar (ijodkorlar) tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz takliflarini ishlab chiqishlari talab etiladi:

- majmuaning bosh gʻoyasi;

- majmuaning tuzilmasi – bosh rejasi (maydondagi koʻp yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolish sharti bilan);

- majmuaning asosiy ramzi va timsollari;

- majmuada aks ettiriladigan tarixiy voqeliklar (oʻzbek davlatchiligining 3000-yillik tarixi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalardagi yutuqlarini inobatga olgan holda);

- tarixan mamlakatimiz rivoji va mustahkamlanishida oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz, milliy qahramonlarimizni majmuada tasvirlab berish;

jumladan, moddiy madaniyat durdonalari, buyuk davlat

va harbiy arboblar, atoqli ayollar, ilm-fan va madaniyat arboblari, milliy ozodlik kurashi yetakchilari hamda olamshumul tarixiy voqealar toʻgʻrisida;

- majmuaning meʼmoriy yechimi - bezaklar, ramziy timsollari;

- dunyo davlatlarida bunyod etilgan mustaqillik yodgorliklaridan farq qilgan holda, majmuaning oʻziga xos xususiyatlari;

- majmuani bunyod etishda foydalanish taklif etiladigan qurilish materiallari (marmar, yogʻoch, tosh va boshqalar);

- majmuaning mazmunida tarixiy manbalar, xususan, ilm-fan, sanʼat, arxitektura yodgorliklaridan foydalanish;

- majmuaning maʼnaviy, maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер