Toshkent metrosining “Yerusti halqa yoʻli” qachondan ish boshlashi aytildi
Videodan kadr
Bir qancha muddat oldin Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston mustaqilligining 30-yilligi yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishi bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida yopilgan edi.
Profilaktik ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilayotganini inobatga olib, yaqin muddat ichida ushbu yoʻnalish oʻz faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida ushbu yoʻnalishda poyezdlar harakati sinov tariqasida (yoʻlovchilarsiz) bir muddat harakatlanadi.
Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli oʻtib, ijobiy xulosa qayd qilinganidan soʻng, “Oʻzbekiston mustaqilligining 30-yilligi yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishi taxminan joriy yilning 18-oktabr sanasidan odatdagi tartibda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.
Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUKning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qoʻshimcha rasmiy xabar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring