Toshkent markazida zararlangan 70 dan ortiq daraxt kesib tashlanadi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Toshkent shahri markaziy koʻchalaridagi 73 ta daraxt hasharotlar tomonidan kuchli zararlangani sababli kesib tashlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 200 dan ortiq daraxtda turli kasallik va zararlanish holatlari aniqlangan. Ularning aksariyati davolanib, saqlab qolingan. Biroq ayrim daraxtlar tashqi koʻrinishida biologik faol boʻlsa-da, ichki qismida chirish va zararkunandalar taʼsiri oqibatida avariya holatiga kelib qolgani maʼlum boʻlgan.

Alohida ahamiyatga ega koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boshqarmasi boshligʻi Dilyor Esonovning maʼlum qilishicha, markaziy koʻchalardagi koʻp yillik manzarali daraxtlar muntazam parvarish qilinadi va yiliga olti marta kimyoviy ishlov beriladi. Shunga qaramasdan, markaziy koʻchalarimizda yomgʻirgarchilik vaqtida manzarali daraxtlarimizni oʻz holatini yoʻqotib, yiqilib tushish holatlari tez-tez kuzatilib borilmoqda. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida 270 ta daraxtga shakl berish ishlari amalga oshirilib, xavf tugʻdiruvchi shoxlar olingan hamda kesilgan joylar maxsus eritma bilan qayta ishlangan.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, 73 ta daraxtning ichki gʻovak qismiga qurt-qumursqalar joylashib, yillar davomida jiddiy zarar yetkazgan. Zararlanish darajasi 50 foizdan yuqori boʻlgan ayrim daraxtlarni saqlab qolish imkoni yoʻqligi, ular qoʻshni daraxtlarga ham xavf tugʻdirishi mumkinligi bois ular tag qismi bilan olib tashlanadi.
Masʼullarning maʼlum qilishicha, kesilgan daraxtlar oʻrniga yangilari ekiladi va ularni parvarish qilish boshqarmaning zimmasiga yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring