Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kuni omadli boshlandi
Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun omadli boshlandi. Bir vaqtning oʻzida ikkita tatamida ikki dzyudochimiz kuchli raqiblariga qarshi bahs olib borishdi.
-73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Obidxon Nomonov braziliyalik tajribali raqibi Eduardo Barbosani magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, -81 kg vazndagi hamyurtimiz Suhrob Tursunov vengriyalik Robert Rajkayni magʻlub etishga muvofaq boʻldi. Yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni Jaloliddin Boynazarov olimpiya oʻyinlari sovrindori, vengriyalik Miklos Ungvarini musobaqadan chiqarib yubordi.
-73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Murodjon Yoʻldoshev birinchi bosqich bahsida italiyalik Jiovanni Espozitoni ippon bahosi bilan magʻlubiyatga uchratdi.
Yana bir -73 kg vazndagi dzyudochimiz Gʻolibjon Sulaymonov Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniridagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi. Sulaymonov birinchi davrada bolgariyalik Mark Xristovga qarshi bahs olib borib, gʻalabaga erishdi. Gʻolibjon ikkinchi bosqichda ukrainalik Aleksandr Koshlyakka qarshi tatamiga chiqadi.
Endi Nomonov ikkinchi davrada qozogʻistonlik Angsarbek Gaynullinga, Boynazarov armanistonlik Ferdinand Karapetyanga, Tursunov AQSH terma jamoasi aʼzosi Nikolas Delpopologa qarshi tatamiga chiqsa Murodjon ikkinchi davrada ukrainalik Artyom Xomulaga qarshi bahs olib boradi. Xomula oʻz ishtirokini toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichdan boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring