Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri yakunlandi: terma jamoamiz 6 ta medal bilan 6-oʻrinni egalladi
Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Kecha dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetdi. Uch kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena” sport saroyida dunyoning 5 qitʼasidagi 71 davlatdan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi ishtirokidagi murosasiz bellashuvlarga mezbonlik qildi. Yakunda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush, 4 ta bronza, jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida 71 davlat orasida 6-oʻrinni egalladi.
Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) va Davlat Bobonov (-90 kg) musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Kemran Nurillayev (-60 kg), Sardor Nurillayev (-66 kg), Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) hamda Gulnoza Matniyazova (-70 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi. Kumush medal egalari oʻz hisoblariga 700, bronza medal sohiblari esa 500 reyting ochkosini qoʻshib qoʻyishdi.
Taʼkidlash joiz, Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining yosh dzyudochilari muxlisu mutaxassislarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Kutilganidek, Yaponiya terma jamoasi medallar jamgʻarish boʻyicha yaqqol peshqadam boʻldi. Dzyudo vatani vakillari Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirida 9 ta oltin, bittadan kumush va bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Ikkitadan oltin va kumush, bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan Moʻgʻuliston terma jamoasi 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, kuchli uchlikka bittadan oltin va kumush hamda 4ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasadi.
Umuman olganda, Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirida jami 24 ta terma jamoaga kamida bitta medal nasib etdi. Beshtagina mamlakat dzyudochilari oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Hasan PAYDOYEV (“Xalq soʻzi”) suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring