Toshkent havosi iflosligi boʻyicha dunyoda 1-oʻringa chiqdi
Bugun, 6-oktyabr kuni soat 09:00 holatiga koʻra, Toshkent shahrida havo sifati indeksi (AQI⁺) 155 ni tashkil etmoqda. Bu koʻrsatkich “nosogʻlom” toifaga kiradi.

Mutaxassislar maʼlumoticha, havo ifloslanishining asosiy manbai — PM10 turidagi zararli zarrachalar boʻlib, ularning miqdori 264,4 mkg/m³ ga yetgan. Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti belgilagan meʼyor (har kuni uchun 45 mkg/m³) dan qariyb 6 barobar yuqori boʻlib, inson salomatligi uchun xavfli darajadir.

* Havo harorati 14 daraja, shamol tezligi soatiga 10,7 km/soat, havodagi namlik darajasi esa 33 foiz atrofida.
Maʼlumot uchun, bunday holatlarda aholidan zarurat boʻlmasa, uzoq vaqt ochiq havoda boʻlmaslik tavsiya etiladi. Ayniqsa bolalar, keksa yoshdagilar va nafas olish yoʻllari bilan bogʻliq surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi lozim.
Koʻchadan uyga kirgandan keyin yuz va qoʻllarni sovun bilan yaxshilab yuvish, kiyimlarni almashtirish va xonani changdan tozalash muhim. Shuningdek, xonada havo aylanishini cheklash uchun eshik va derazalarni mahkam yopish, kun davomida bir necha marta nam latta bilan tozalik ishlarini olib borish tavsiya etiladi.
Mutaxassislar bunday havo sharoitida organizmini sogʻlom saqlash uchun koʻproq suyuqlik isteʼmol qilish va immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlarga ustuvorlik berishni tavsiya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring