“Toshkent” aeroporti maxsus texnika parki yangi avtobuslar bilan toʻldirildi
“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroporti uchun Germaniyaning “Cobus Industries GmbH” ishlab chiqaruvchisidan yoʻlovchi tashuvchi 4 ta avtobus xarid qildi.
Past polli Cobus 3000 avtobusi kompaniyaning eng katta modelidir. Avtobusning uzunligi deyarli 14 metr va eni 3 metr boʻlib, 10 oʻtirgan va 94 tik turgan holda — 104 yoʻlovchini sigʻdira oladi. Ushbu model polni koʻtarish va tushirish uchun pnevmatik tizim bilan jihozlangan. Yoʻlovchilarni olish va tushirishdan oldin avtobus polini pastga tushirish yoki koʻtarish mumkin. Bu xususiyat chamadonli, bolalar aravachasi va nogironligi boʻlgan yoʻlovchilarga avtobusga chiqish va undan tushishni osonlashtiradi.
Taʼkidlash joizki, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi maxsus transport parkini yangilash va modernizatsiya qilish boʻyicha tizimli ishlar olib bormoqda. Jumladan, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo konditsionerlari va boshqalar xarid qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring