Toʻrt yil davomida Putin hech narsa yutmadi — BILD

14:03 24 Fevral 2026 Dunyo
456 0

BILD nashri Rossiya-Ukraina urushi natijalarini sarhisob qildi. Bundan roppa-rosa toʻrt yil oldin Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagan edi. Bugun esa Vladimir Putin uchun Kiyevni magʻlub etish murakkab masalaga aylandi.

2014-yilda Rossiya Qrim yarim oroliga va Ukraina sharqining bir qismiga hujum qildi va egallab oldi. Ammo Kreml uchun bu yetarli emas edi. Qoʻshni mamlakatga toʻliq hujum 2022-yilning 24-fevralida boshlandi. Bir necha kun ichida Moskva armiyasi Ukraina hududining 27 foizini nazoratga oldi, Kiyev va boshqa yirik shaharlar chegarasiga yaqinlashdi. Biroq Vladimir Putin Ukraina himoyasini zaif baholadi, 2022-yil aprel oyida esa shimolda Rossiyaning birinchi chekinishi sodir boʻldi.

Sentyabr va noyabr oylarida Rossiya armiyasi Xarkov va Xerson mintaqalarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Urushning birinchi yilligida Rossiya allaqachon egallab olgan yerlarining uchdan bir qismini yoʻqotgan edi.

Shundan buyon Rossiya askarlari deyarli yangi yutuqlarga erisha olmadi. Urush boshlanganidan ikki yil oʻtib Rossiya yana shimoldan Xarkov viloyatiga hujum qildi. Oʻtgan yili Putin armiyasi Donbassdagi bosimni kuchaytirdi, Avdeyevka va Pokrovsk shaharlarini katta yoʻqotishlar bilan bosib oldi va gʻarbga qarab harakat qildi. Ammo umuman olganda hozirga kelib Rossiya va Ukraina qoʻshinlari oʻrtasida kuchli toʻsiq saqlanib qoldi.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar tahlil markazi maʼlumotlariga koʻra, hozirgacha urushda 325 ming "rus bosqinchilari" halok boʻlgan. Ukraina tomonidan 140 ming harbiy xizmatchi halok boʻlgan. Bundan tashqari, 15 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok boʻlgan.

Tinchlik oʻrnatish uchrashuvlariga qaramay urush davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?